"Chelsi" o‘ziga zo‘r braziliyalik hujumchi topdi

  • 25.06.2022 11:17
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Ayaks"ning braziliyalik hujumchisi Antoni uchun kurashga "Chelsi" ham qo‘shildi, deb xabar bermoqda 90min.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “aristokratlar” 22 yoshli futbolchini joriy yozgi transferlar davrida o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bundan avvalroq ushbu futbolchiga "Manchester Yunayted" ham “og‘iz solayotgani” haqida xabarlar tarqalgan edi. “Qizil iblislar” Antoni uchun amsterdamliklarga 45 million evro to‘lashga tayyorligini ham bildirishgan.

Antoni ortda qolgan mavsum "Ayaks" safida jami 32 ta o‘yinda maydonga tushdi va 12 ta gol urdi hamda 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!