
"Chelsi" PSJning rejasini barbod qilmoqchi
Londonning "Chelsi" klubi rahbariyati Antonio Ryudiger va Andreas Kristensen bilan xayrlashganidan so‘ng himoya chizig‘ini mustahkamlash uchun harakatni boshladi.
"Football-Italia" nashri xabariga ko‘ra, "aristokratlar" "Inter"ning slovakiyalik himoyachisi Milan Shkrinyarni sotib olish uchun muzokara boshlash arafasida.
"Chelsi" Shkrinyar uchun kurashda asosiy favorit hisoblangan PSJ bilan raqobatlashishga tayyor. Parijliklar slovakiyalik bilan shartnoma shartlari bo‘yicha haligacha kelisha olishmadi, "Chelsi" esa bundan unumli foydalanib qolmoqchi.
"Inter" futbolchisining transfer narxi 65 million evroni tashkil qiladi. Uning "neradzurrilar" bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar amal qiladi.
Fikrlar