
"Chelsi" qishda "Barsa" futbolchisini sotib olmoqchi
"Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yong yanvar oyida "Chelsi"ga o‘tishi mumkin, deya xabar beradi “Football Espana” nashri.
Manbaga ko‘ra, London klubi rahbariyati, agar futbolchi Kataloniya klubini tark etishga tayyor bo‘lsa, qishda 25 yoshli gollandiyalikni qo‘lga kiritishga yana bir urinib ko‘radi.
Eslatib o‘tamiz, yozda de Yong jamoasini o‘zgartirishdan qat’iyan bosh tortgan edi. Yarim himoyachiga “Chelsi”dan tashqari “Manchester Yunayted” ham jiddiy qiziqish bildirgan.
De Yong 2019 yilning yozidan buyon “Barselona” safida to‘p tepadi. Umuman olganda, yarim himoyachi "ko‘k-anorranglilar" tarkibida 144 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga 13 ta gol va 18 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan. “Transfermarkt” portali Gollandiya terma jamoasi futbolchisini 60 million evroga baholamoqda.
Fikrlar