"Chelsi" qiziqayotgan "Arsenal" hujumchisi Frantsiyaga yo‘l oladi

  • 25 avgust, 2023, 01:38
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Monako" Folarin Balogunni qo‘lga kiritish uchun kurashda "Chelsi"ni mag‘lub etdi.

"Independient" xabariga ko‘ra, "Chelsi" so‘ralgan summani juda katta deb hisoblagan. "Arsenal" Balogun uchun taxminan 45 million funt talab qilmoqda.

Jurnalist Fabris Xokinsning xabar berishicha, "Arsenal" va "Monako" 22 yoshli hujumchining transferi borasida kelishuvga erishgan. Balogun frantsuz klubi bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi, transfer summasi esa bonuslar bilan birga 45 million evroni tashkil qiladi. Ayni damda klublar kelishuvning yakuniy tafsilotlarini muhokama qilmoqda. Tomonlar barchasi kutilganidek yakunlanishiga ishonchi komil. 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!