
“Chelsi” superhujumchini olish uchun dahshatli summa tikdi
“Chelsi” bosh murabbiyi Tomas Tuxel shu yozgi transferlar ichi superhujumchiga ega bo‘lmoqchi. Erling Xolandni ololmagan klub rahbarlari germaniyalik murabbiy talabi bilan “Inter”dan Romelu Lukakuni transfer qilmoqchi.
Avvalroq, “Inter” vakillari londonliklarning 130 million evrolik taklifini rad etgandi. Endi inglizlar chempion jamoa to‘purari uchun 100 million evro va qator grandlar talashayotgan himoyachisi Markos Alonsoni qo‘shib berishni taklif qildi.
Ma’lumotlarga qaraganda, “Inter” asosiy hujumchisini olib qolish maqsadida bu summani ham rad etgan. Mutaxassislar milanliklar yanada ko‘proq summa berilishini kutayotganini ta’kidlamoqda.
Fikrlar