“Chelsi” supero‘yinchiga dahshatli summa to‘laydi va 9 yillik shartnoma beradi

  • 14 avgust, 2023, 14:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” xo‘jayini Todd Byoli jamoa tarkibini kuchaytirish uchun hech qanday xarajatdan qochmasligini ko‘rsatmoqda.

Tecno

“Aristokratlar” tez orada “Brayton” yarim himoyachisi Moyzes Kaysedoni o‘z safiga qo‘shib oladi. Bu transfer londonliklarga umumiy hisobda 115 million funtga tushadi. Bu klub uchun rekord transfer bo‘ladi.

Bir necha taniqli insayderlarning ta’kidlashicha, klub ekvadorlik futbolchi bilan 8+1 ko‘rinishida katta shartnoma imzolaydi. Kaysedoning o‘zi bir xaridor klublar orasidan aynan “aristokratlar”ni tanladi.

21 yoshli o‘yinchi Ekvadorning “Independente” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. “Brayton” uni 2021 yil boshida 5 million evroga xarid qilgan va bir mavsum Belgiyaning “Bersxot” jamoasiga ijaraga bergan.  

Iste’dodli yarim himoyachi ijaradan qaytganidan keyin qisqa muddatda “Brayton” etakchisiga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!