“Chelsi” superto‘purarga taklif jo‘natdi

  • 17 avgust, 2022, 21:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Chelsi” bosh murabbiyi Tomas Tuxel ishonchni oqlay olmay, “Inter”ga qaytib ketgan Romelu Lukaku o‘rniga jamoaning asosiy hujumchisi bo‘ladigan forvard qidiryapti.

Hozircha, germaniyalik mutaxassis bu pozitsiyaga “Barselona”dan Per-Emerik Obameyangni olib kelmoqchi.

Gabonlik to‘purar Angliya premer-ligasida bir necha mavsum o‘ynagan va ingliz futboliga to‘la moslashib ulgurgan.

“Barselona” rahbariyati ham hujumchining shartnomasi 2025 yilning yarmigacha amal qilishiga qaramay, uni sotib yuborishga tayyor.

33 yoshli hujumchi faoliyati davomida klublar miqyosida 607 ta bahsda ishtirok etib, 310 ta gol va 92 ta assist muallifi bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!