“Chelsi” transfer bozoriga katta pul bilan kirmoqda. Lempard kimlarni oladi?

  • 12.08.2020 11:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Chelsi” bosh murabbiyi Frenk Lempard yangi mavsum oldidan tarkibni kuchaytirish uchun 200 mililon funtga ega bo‘ldi.

Hozirgacha londonliklar 86 million funtga Hakim Ziesh va Timo Verner transferini ijobiy hal qilgan edi. Endi Lempard yana to‘rt nafar futbolchini olmoqchi va ular kimligini aniqlab bo‘lgan.

“Chelsi” birinchi navbatda “Lester” himoyachisi Ben Chiluellni olishga harakat qiladi. “Vest Xem” tayan yarim himoyachisi Deklar Rays ham Lempard orzu qilayotgan futbolchilardan. “Bayer” etakchisi Kay Xaverts transferi bo‘yicha barcha kelishuvlar yakunlangan va tomonlar Evropa Ligasi musobaqasi yakunlanishini kutmoqda.

Shuningdek, Lempard ajratilgan mablag‘ning bir qismini ishonchni oqlay olmagan Kepa Arrisabalaga o‘rniga boshqa darvozabon sotib olishga sarflaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!