"Chelsi" unversal futbolchi uchun 50 million to‘lamoqchi

  • 1 sentabr, 2022, 12:48
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" "Ayaks" yarim himoyachisi Edson Alvares uchun taklif yubordi.

"Telegraaf" nashri xabariga ko‘ra, London klubi markaziy himoyachi yoki yarim himoyachi sifatida o‘ynay oladigan unversal 24 yoshli futbolchi uchun 50 million evro taklif qilgan. Bosh murabbiy Tomas Tuxel transfer oynasi yopilguniga qadar himoya chizig‘ni yanada kuchaytirishdan manfaatdor. 

Oldinroq "Nyukasl" Alvares uchun "Ayaks"ga 40 million evro to‘lashga tayyor ekani xabar qilingandi.

Yarim himoyachi 2019 yilning iyulidan beri "Ayaks"da to‘p tepib keladi. Uning amaldagi shartnomasi 2025 yilda yakuniga etadi. Joriy mavsumda Alvares klubi safida 3 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga 2 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.

"Transfermarkt" portali futbolchining narxini 22 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!