“Chelsi” va “Liverpul” qimmat himoyachini kutyapti

  • 19.02.2026 14:13
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliya Premier-ligasida  muntazam yuqori o‘rinlar uchun kurashadigan  “Chelsi” va “Liverpul” klublari yozda amalga oshiriladigan transferlar bo‘yicha ish olib bormoqda.

Har ikki klubi “Nottingem Forest” himoyachisi Murilloga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqida TEAMtalk nashri yozdi.

Futbolchining atrofidagilar ham transfer variantlarini faol ko‘rib chiqmoqda, “Liverpul” va “Chelsi” esa, Murilloni jalb etish bo‘yicha eng jiddiy ish olib borayotgan klublar hisoblanadi.

“Chelsi” yozda uch himoyachisini sotib yubormoqchi. “Liverpul”da esa Ibrohim Konate va Jozef Gomesning kelajagi noaniq bo‘lib turibdi. Har ikki klub himoya chizig‘ini kuchaytirish maqsadida Murilloni nishonga olgan.

Joriy mavsumda Murillo barcha musobaqalarda 25 ta o‘yinda ishtirok etib, bitta gol urgan. Uning klub bilan shartnomasi 2029 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 55 million yevroni tashkil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!