"Chelsi" "Vest Xem"ning ikki qanot hujumchisiga ko‘z tikdi

  • 29.06.2026 16:27
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Chelsi" klubi "Vest Xem" jamoasida toʻp suruvchi ikki qanot hujumchisi — Jarrod Bouen va Krisensio Sammervillni oʻz roʻyxatiga kiritgan. Bu haqida The Guardian nashri xabar berdi.

Maʼlumotlarga koʻra, londonliklar bosh murabbiyi Xabi Alonso jamoa hujum chizigʻini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. "Vest Xem" tarkibidagi mazkur ikki futbolchi ispaniyalik mutaxassis eʼtiborini tortgan. Manbalarga koʻra, "Chelsi" ushbu ikki oʻyinchini bir vaqtning oʻzida transfer qilish ehtimoli ham bor.

24 yoshli Krisensio Sammervill oʻtgan mavsumda barcha musobaqalar doirasida 34 ta oʻyinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma amalga oshirdi.

29 yoshli Jarrod Bouen esa oʻtgan mavsumda turli musobaqalarda jami 42 marta maydonga tushdi. U 11 ta gol muallifi boʻldi va jamoadoshlariga 12 bor golli pas berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!