“Chelsi” voz kechgan yulduzga yangi jamoa topildi

  • 22 avgust, 08:59
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqinda “Chelsi”ning etakchisi bo‘lgan Nikolas Jekson keyingi paytda o‘yinida pasayish davom etayotgani bois Entso Mareska boshchiligidagi murabbiylar shtabiga kerak bo‘lmay qolgan.

Tecno

Londonliklar senegallik o‘yinchidebyut mavsumini yuqori darajada o‘tkazganidan keyin o‘tgan yilning kuzida u bilan hamkorlik shartnomasini 2033 yilning yozigacha uzaytirib qo‘ygan edi. Endi uni tezroq sotib yuborishmoqchi.

Jekson darajasidagi futbolchi ishsiz qolmasligi aniq. Taniqli insayder Fabritsio Romano hozirning o‘zida bu o‘yinchiga ikkita jiddiy da’vogar borligini ma’lum qildi.

24 yoshli forvadni “Milan” klubi A Seriyaga olib ketmoqchi. Hujum chizig‘ini kuchaytirish yo‘llarini qidirayotgan “Nyukasl” ham senegallik o‘yinchiga ishonch bildirishga tayyor.

“Chelsi” 2023 yilning yozida “Vilyarreal”dan 37 million evroga xarid qilgan Jeksonning Transfermarkt portali ekspertlari tomonidan 50 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!