"Chelsi" xavbeki mavsumni "Aston Villa"da yakunlaydi

  • 7 yanvar, 2020, 16:36
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" yarim himoyachisi Deniel Drinkuoter mavsumni "Aston Villa"da yakunlaydigan bo‘ldi.

Tomonlar 29 yoshli futbolchining ijarasi bo‘yicha kelishuvga erishgan. Futbolchi bugun Birmengem klubi qarorgohida tibbiy ko‘rikdan o‘tdi. Angliyalik futbolchi "Bernli"dan ijaradan qaytib kelganidan so‘ng "Chelsi" ixtiyoriga kelib qo‘shilishi kerak edi, biroq "Villa" bilan kelishuv barchasini o‘zgartirib yubordi.

Mavsum boshida "Aston Villa"ga ijaraga berilgan Drinkuoter o‘tgan vaqt mobaynida klub uchun ikkita o‘yinda maydonga tushgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!