“Chelsi” Xoland va Maneni kashf qilgan mutaxassisni olib keladi

  • 19.09.2022 19:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol

“Chelsi” rahbariyati klubga “Zaltsburg” sport direktori Kristof  Froyndni olib kelish yo‘llarini qidirmoqda.

Ular Avstriya jamoasidan bu mutaxassisning shartnomasini to‘liq sotib olishni rejalashtirmoqda. Hozir muzokaralarning yakuniy bosqichi davom etmoqda.

Froynd “Zaltsburg”ga olib kelgan futbolchilar keyinchalik eng qimmatbaho yulduzlarga aylanib ketdi.

Bu mutaxassis o‘z vaqtida Avstriya jamoasiga Erling Xolandni 8 million, Sadio Maneni 4 million va Dayot Upamekanoni 2,2 million evro evaziga transfer qilgan. Keyinchalik klub ularning transferida bir necha baravar ko‘p foyda ko‘rdi.

“Chelsi” xo‘jayini Todd Byoli ushbu mutaxassisning ish yuritishi va iqtidorlarni topa olish qobiliyatini qadrlashi aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Шухрат Хусаинов
20/09/2022 22:02
Бехае рекламаларни йукотинглар