“Chelsi” Xolandni olish yo‘lini topdi

  • 21 oktabr, 2021, 18:28
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Aristokratlar” rahbariyati bir o‘q bilan ikki quyonni urmoqchi bo‘lyapti. “Chelsi” mutasaddilari “Borussiya”dan Erling Xolandni olish uchun Angliya futbolida o‘zini ko‘rsata olmagan Timo Vernerdan foydalanmoqchi.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, londonliklar dortmundliklarga Xoland uchun 80 million evro va Timo Vernerni berishni rejalashtiryapti.

Manbalarning aytishicha, “Borussiya” bosh murabbiyi Marko Rouz Vernerning muxlisi ekan va uni o‘z jamoasida ko‘rmoqchi. Aynan mana shu omil “Chelsi”ning orzusi ro‘yobga chiqishiga ta’sir qilishi mumkin.

Shu yo‘l orqali “Chelsi” o‘ziga kerak bo‘lmay hujumchi o‘rniga norvegiyalik to‘purarga ega chiqmoqchi. Biroq, bu transferni amalga oshirish oson bo‘lmaydi. Chunki Erling Xolandga hozirning o‘zida “Real”, PSJ, “Manchester Siti”, “Bavariya” kabi grand klublardan jiddiy qiziqish bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!