
"Chelsi" yana bitta yarim himoyachi sotib olmoqchi
"Chelsi" ushbu yozda ham transferlarga katta pullar sarflashda davom etadi. Klub "Brayton"dan Moyzes Kaysedoni o‘z tarkibiga qo‘shib olishga harakat qilmoqda. Shuningdek, "aristokratlar" yana bitta yarim himoyachi sotib olishni maqsad qildi.
"The Times" nashri xabar berishicha, "Chelsi" "Kristar Pelas" vakili Maykl Olise uchun kurashda bor va tez orada rasmiy taklif yuboriladi. Agarda tomonlar kelishuvga erishsa, futbolchi londonliklar safiga o‘tishga tayyor.
Ma’lumot uchun, Oliseni "Manchester Siti" ham sotib olishni istamoqda.
Fikrlar