“Chelsi” yana ikkita katta transferni ko‘zlayapti

  • 23.08.2021 20:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Chelsi” rahbariyati jamoaga Chempionlar ligasining bosh sovrinini olib bergan Tomas Tuxelni qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda.

Germaniyalik mutaxassis klub akademiyasi tarbiyalanuvchilari va taniqli yulduzlardan engilmas jamoa tuzmoqda.

Ayni paytda Tuxel jamaga “Sevilya” himoyachisi Jyul Kunda va “Monako” yarim himoyachisi Orelen Tchuameni kerakligini ta’kidlayapti.

“Sevilya” frantsiyalik futbolchisi uchun 70 million funt talab qilyapti. Londonliklar bu narx tushishini kutmoqda. “Monako” joriy mavsumda Chempionlar ligasining guruh bosqichiga chiqa olmasa, etakchisini 35 million funtga sotib yuborishga tayyor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!