
“Chelsi” yangi futbolchi olishdan to‘xtamayapti
“Chelsi” bosh murabbiyi Tomas Tuxel jamoa tarkibini o‘ziga moslashtirish maqsadida yana bir necha transferni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
Xususan, germaniyalik mutaxassis o‘z shogirdlari orasida “Portu” yarim himoyachisi Luis Diasni ko‘rmoqchi.
Kolumbiya terma jamoasining 24 yoshli futbolchisini “Tottenxem” ham Angliya premer-ligasiga taklif etmoqda.
Luis Diasning shartnomasida uni olishni istagan klub 80 million evro to‘lashi kerakligi yozilgan. Futbolchining agentlari kuchli beshlik chempionatlarida o‘z mijoziga yangi jamoa qidirayotgani haqida ham xabarlar bor.
Fikrlar