“Chelsi” yangi himoyachi sotib olishga yaqin

  • 26 dekabr, 2022, 23:00
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” transferlar oynasida himoya chizig‘ini kuchaytirmoqchi. “Aristokratlar” “Monako” futbolchisi Benua Badiashileni qo‘lga kiritishga yaqin, deya xabar berdi “The Athletic” nashri.

Tecno

Manbaning ta’kidlashicha, “Chelsi” Frantsiya klubi bilan muzokaralar o‘tkazmoqda. Ikkala jamoa o‘zaro kelishuvga erishish arafasida. London klubiga ushbu transfer 35 million evroga tushishi kutilmoqda.

Badiashile ushbu mavsum barcha chempionatlarda 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!