“Chelsi” zo‘r murabbiyga shartnoma berdi

  • 26 may, 2024, 09:14
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Argentinalik mutaxassis Maurisio Pochettinoni iste’foga chiqargan “Chelsi” yangi bosh murabbiy tanladi.

Manbalarning ta’kidlashicha, “aristokratlar” yaqinda “Brayton” bilan xayrlashgan Roberto de Dzerbi bilan hamkorlik qiladigan bo‘ldi.

“Chelsi” italiyalik mutaxassisga uch yillik shartnoma berdi. O‘zaro kelishuvga ko‘ra, hamkorlik natijalar asosida yana bir yilga uzaytirilishi mumkin.

London klubi Roberto de Dzerbi bo‘yicha rasmiy xabarni kelasi hafta boshida e’lon qilmoqchi.

Avvalroq, “Chelsi” Roberto de Dzerbidan tashqari “Ipsvich” bosh murabbiyi Kiran Makkenna va “Sporting”ni  muvaffaqiyatli boshqarib kelayotgan Ruben Amorimga ham qiziqish bildirgandi.

Roberto De Dzerbi esa, faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirish uchun “Bavariya” taklifini qabul qilmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!