
"Chelsi"da ham ispaniyalik mutaxassis ish boshlashi mumkin
Londonning "Chelsi" klubi bosh murabbiyi Mauritsio Sarri joriy mavsum yakunlangach iste’foga chiqariladi. Bu haqda Daily Record nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “aristokratlar” italiyalik mutaxassis o‘rniga "Uotford" ustozi Xavi Grasiyaning nomzodini ko‘rib chiqishmoqda. Londonliklar 48 yoshli ispaniyalik mutaxassisning APLda qayd etayotgan natijalarini ijobiy baholashmoqda.
Ma’lumot uchun, “Uotford” ayni damda premer-liga musobaqa jadvalida 46 ochko bilan 10-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar