“Chelsi”dan keyin “Arsenal”da ham o‘ynashni eplolmagan Xaverts endi “Barsa”ga o‘tadi

  • 04.10.2023 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Germaniya terma jamoasi hujumchisi Kay Xavertsga Angliya Premer-ligasi to‘g‘ri kelmadi. 2020 yilning yozida “Bayer”dan “Chelsi”ga ko‘chib o‘tgunga qadar u Bundesliganing eng sermahsul o‘yinchilaridan edi.

Biroq Kay uchun 80 million evro to‘lagan “Chelsi” hujumchi yana o‘z darajasiga qaytishini uch yil kutdi. Axiyri, uni “Arsenal”ga o‘tkazib yubordi. “Kanonirlar” ham katta umidlar bilan 75 million evro to‘ladi.

Xaverts “Arsenal”da ham kutilgan darajada o‘ynay olmayapti.

Todofichajes nashrining yozishicha, “Barselona” rahbariyati germaniyalik futbolchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Kataloniyaliklar Xaverts yordamida hujum chizig‘ini kuchaytirmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!