
"Chelsi"dan mavsumdagi ilk g‘alaba. "Aristokratlar" o‘z maydonida yirik hisobda zafar quchdi
APLning 3-turidan o‘rin olgan "Chelsi" - "Luton" bahsi "aristokratlar"ning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.
Dastlab, 17-daqiqada Sterling hisobni ochgan bo‘lsa, 68-daqiqada dubl qilib, oradagi farqni ikkitaga oshirdi. Oradan ko‘p o‘tmay Jekson o‘yinga nuqta qo‘yuvchi golni urdi.
Shu tariqa, "Chelsi" mavsumdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritib, turnir jadvalida 8-o‘ringa chiqib oldi.
Fikrlar