“Chelsi”ning kelajagi barbod bo‘lmoqda
“Chelsi” kuchli akademiyaga ega va har yili bu erdan juda ko‘p iste’dodli yoshlar etishib chiqadi. Jamoa murabbiylari ham klub tarbiyalanuvchilariga tayanadi. Biroq, keyingi paytda akademiyadan asosiy jamoaga o‘tishi kerak bo‘lgan yosh iste’dodlarning boshqa jamoalarga ketib qolayotgani ko‘p kuzatila boshladi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, yosh o‘yinchilarga ular klub bilan uzoq muddatli shartnomaga imzo chekkach, boshqa jamoalarga ijaraga berib yuborilayotgani ma’qul kelmayotgan ekan. Hozircha, yoshlardan faqatgina Armando Broyya klub bilan besh yillik shartnoma imzoladi.
Akademiya etakchilaridan Konor Gallaxer, Tino Livramento, Mark Guexi kabi o‘yinchilar boshqa jamoalar taklifini qabul qilishga tayyor. Ularga Angliya premer-ligasining o‘rtamiyona jamoalaridan chorlovlar etarlidir.

Fikrlar