Chempion uchun kurashda “Chelsi” “Liverpul” taklifini “sindirmoqchi”

  • 15.07.2021 19:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya premer-ligasining etakchi klublari – “Manchester Yunayted” va “Liverpul” Italiya terma jamoasi safida Evropa chempioni bo‘lgan yarim himoyachi Nikolo Barellaga xaridor bo‘lmoqda.

Hozircha, bu futbolchini qo‘lga kiritishda liverpulliklar asosiy nomzod hisoblanadi. Yurgen Klopp jamoasi italiyalik yarim himoyachi uchun 70 million evro taklif qilmoqda.

Bu masala oxiriga etmasidan kurashga “Chelsi” ham qo‘shildi. Londonliklar “Inter”ning ishongan futbolchisini olish uchun 70 million evrodan kattaroq summa berishiga to‘g‘ri keladi.

Shunga qaramay, “Inter” xo‘jayinlari Barellani keyingi mavsumda ham o‘z tarkibida saqlab qolmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!