Chempionlar ligasi pley-offiga bitta yo‘llanma qoldi, “Barsa” Messisiz “sindi”

  • 09.12.2021 08:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 3
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Chempionlar ligasining guruh bosqichi bellashuvlari yakunlandi. Pley-offning 16 ta yo‘llanmasidan 15tasining egasi aniqlandi.

Guruhdagi oltinchi turning ikkinchi kungi bahslaridan so‘ng, «Manchester Siti», «Pari Sen-Jermen», «Liverpul», «Atletiko», «Ayaks», «Sporting», «Real», «Inter», «Bavariya», «Benfika», «Manchester Yunayted», «Lill», «Zaltsburg», «Yuventus» va «Chelsi» bosh sovrin uchun kurashni davom ettiradigan bo‘ldi.

E’tiborli jihati, Lionel Messisiz o‘ynayotgan “Barselona” oxirgi 20 yilda ilk bor guruh bosqichidan o‘ta olmadi va Evropa Ligasida o‘ynaydigan bo‘ldi.

Pley-offning so‘nggi yo‘llanmasi egasi “Atalanta” va “Vilyarreal” o‘rtasidagi uchrashuvida aniqlanadi. Bergamo shahri mezbonlik qilishi kerak bo‘lgan bu bahs ob-havo sharoiti tufayli bir kun ortga  surildi.

F guruhida o‘ynayotgan mazkur jamoalar bellashuvida ispan klubini durang natija ham qoniqtiradi. Raqibdan bir ochkoga ortda qolayotgan bergamoliklar pley-offga chiqishi uchun o‘z uyida g‘alaba qozonishi shart.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Sattorov Xayriddin
09/12/2021 17:17
Endi chidaydi
Sattorov Xayriddin
09/12/2021 17:17
Exxx afsus
Sattorov Xayriddin
09/12/2021 17:17
Endi pewonasiga yozilganida panplonaliklarni