Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan Tuxel yangi yulduzlar uchun 200 mln funt sarflaydi

  • 31 may, 2021, 21:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” rahbariyati klubga Chempionlar ligasining bosh sovrinini taqdim etgan germaniyalik mutaxassis Tomas Tuxelni qo‘llab-quvvatlashga qaror qildi.

Tecno

Roman Abramovich jamoa tarkibini kuchaytirish maqsadida yozgi transferlar uchun 200 million funt ajratadigan bo‘ldi.

Tomas Tuxel bu mablag‘ni asosan jahon futbolida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan yulduzlarga sarflamoqchi. Jamoa mutasaddilari hozirdan Harri Keyn, Romelu Lukaku, Deklan Rays, Orelen Tchuameni, Adama Traore va Yonas Xofmann kabi o‘yinchilar agentlari bilan muzokaralarni boshlab yuborgan.

Bundan tashqari, Tuxel  klub xo‘jayinlaridan Ngolo Kante, Antonio Ryudiger, Tiagu Silva va  Andreas Kristens bilan amaldagi shartnomalarni yangilashni talab qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!