Chempionlar ligasining eng yaxshi assistenti kim bo‘ldi?

  • 11 iyun, 2023, 08:00
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kevin de Bryuyne 2022/23 yilgi mavsum Chempionlar ligasining eng yaxshi assistenti bo‘ldi.

Bugun Istanbulda bo‘lib o‘tgan finalda "Manchester Siti" "Inter"ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi.

Belgiyalik 31 yoshli yarim himoyachi birinchi bo‘limda jarohat olib, 36-daqiqada maydonni tark etishga majbur bo‘ldi.

Joriy mavsumda Chempionlar ligasining 9 ta o‘yinida De Bryuyne 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

“Real” vingeri Vinisius Junior 12 o‘yinda 6 ta golli uzatma bilan ikkinchi o‘rinni egalladi, himoyachilar Federiko Dimarko (“Inter”) va Joau Kanseloda (“Man Siti”/Bavariya) 5 tadan golli uzatma mavjud. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!