
Chempionlikni tantana qilgan "Paxtakor" muxlislarga gollar shousini taqdim etdi
Superliga 24-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Surxon" uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur bahsda maydon egalari 5:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi.
"Sherlar" safida Sherzod Temirov va Cheran dubl qayd etgan bo‘lsa, Shahzod Azmiddinov bitta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Ushbu natijadan so‘ng "sherlar" ochkolarini 57 taga etkazib olgan holda, peshqadam bo‘lib turibdi. Allaqachon chempionga aylangan poytaxt klubi bu turda o‘z maydonida chempionlikni tantana qildi. "Surxon" hisobida ayni damda 21 ochko bor va ular 10-o‘rinda joylashgan.
Fikrlar