Chempionshipda 12 yil davomida qayd etilmagan natija takrorlandi
Chempionship 14-turida “Sheffild Yunayted” jamoasi safarda “Lids Yunayted” mehmoni bo‘lib, 2:1 hisobida zafar quchdi.
Mazkur g‘alabadan keyin “Sheffild Yunayted” turnir jadvalida birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Jamoa 14 o‘yinda 30 ochko to‘plashga erishdi. Jamoa 2005 yildan buyon birinchi marta Chempionshipda etakchilikni qo‘lga kiritdi.
Ammo, “Vulverxempton” bitta o‘yin kam o‘tkazgan holda 29 ochko bilan ikkinchi pog‘onani egallab turibdi. “Bo‘rilar” “Sheffild Yunayted”ning uzoq kutilgan peshqadamligini tezda qaytarib olishi mumkin.




Fikrlar