
Cherchesov Rossiya terma jamoasining Shotlandiya va Qozog‘istonga qarshi o‘yinlar uchun tarkibini e’lon qildi
Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Stanislav Cherchesov Evro-2020 saralashidan o‘rin olgan Shotlandiya va Qozog‘istonga qarshi bo‘ladigan o‘yinlar uchun chaqirilgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi.
Darvozabonlar: Gilerme ("Lokomotiv"), Soslan Djanaev ("Sochi"), Andrey Lunev ("Zenit");
Himoyachilar: Maksim Belyaev ("Arsenal Tula"), Georgiy Jikiya ("Spartak"), Yuriy Jirkov ("Zenit"), Vyacheslav Karavaev ("Vitess"), Fyodor Kudryashov ("Sochi"), Roman Noyshtedter ("Dinamo"), Sergey Petrov ("Krasnodar"), Andrey Semyonov ("Axmat"), Mario Fernandes (TsSKA);
Yarim himoyachilar: Ilzat Axmetov (TsSKA), Zelimxan Bakaev, Roman Zobnin (ikkalasi - "Spartak"), Dmitriy Barinov, Aleksey Miranchuk, Anton Miranchuk (barchasi - "Lokomotiv"), Aleksandr Golovin ("Monako"), Aleksandr Eroxin, Magomed Ozdoev (ikkalasi - "Zenit"), Aleksey Ionov ("Rostov"), Denis Cheryshev ("Valensiya");
Hujumchilar: Artyom Dzyuba ("Zenit"), Nikolay Komlichenko ("Mlada Boleslav"), Fyodor Smolov ("Lokomotiv").
Eslatib o‘tamiz, Rossiya 6 sentyabr kuni Shotlandiyaga safar qiladi, so‘ngra 9 sentyabr kuni o‘z maydonida Qozog‘istonni qabul qiladi.
Fikrlar