
Chicharitoning qaysi chempionatda to‘p surishi ma’lum
"Sevilya" hujumchisi Xaver Ernandes faoliyatini MLS chempionatida davom ettiradi. Bu haqida futbolchining o‘zi aytib o‘tdi.
"Faoliyatimni AQShda davom ettiramanmi? Xa, albatta. Men doimo kelajagim haqida qayg‘uraman. Barcha imkoniyatlar uchun maksimum darajada ochiq bo‘lishga intilaman. MLS - rivojlanayotgan liga. Bu ham bo‘lishi mumkin", - deydi Chicharito.
Eslatib o‘tamiz, meksikalik forvard Evropadagi faoliyati davomida "Manchester Yunayted", "Bayer", "Real" va "Vest Xem" singari klublarda to‘p surgan.
Fikrlar