Chorak finalda super qarama-qarshilik guvohi bo‘lamiz!
Osiyo Kubogi nimchorak finalidan o‘rin olgan Saudiya Arabistoni - Janubiy Koreya bahsi bo‘lib o‘tdi.
O‘yinning asosiq vaqtida 1:1 hisobi qayd etildi. Dastlab, Abdulla Radif 46-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, Cho Gyuson 90+9-daqiqada gol urib, koreyslarni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
Ekstra taymlarda ham hisob o‘zgargani yo‘q. Penaltilar seriyasida esa Yurgen Klinsman shogirdlari 4:2 hisobida zafar quchib, chorak final yo‘llanmasiga ega chiqdi. Mazkur bosqichda ularga Avstraliya raqiblik qiladi.



Fikrlar