Chuameni: Yaqin haftalarda hammasi hal bo‘ladi
Orelen Chuameni Mbappening "Real"ga kelishi haqidagi savolga javob qaytardi.
- Mbappe qaror qabul qildimi?
"U menga shaxsan hech narsa demadi. Biroq biror nima deganida ham men sizga aytmagan bo‘lardim. Buni vaqti-vaqti bilan kiyinish xonasida muhokama qilamiz. Umid qilamizki, yaqin haftalarda hammasi hal bo‘ladi", - dedi Chuameni CANAL + nashriga.
Avvalroq, frantsiyalik hujumchi "Arsenal"ga o‘tish istagi borligi haqida xabar bergandik.

Fikrlar