
Dana Uayt: "Rogan meni bunga majbur qilyapti"
UFC prezidenti Dana Uayt Jon Jons va Aleks Pereyra o‘rtasidagi jang bo‘lishi mumkinligini aytdi.
"Jons va Pereyra o‘rtasida jang bo‘ladimi? Albatta, bo‘lishi mumkin. Ayniqsa, Jo Rogan meni bu jangga majburlamoqda", - dedi Uayt.
Eslatib o‘tamiz, Aleks Pereyra yarim og‘ir vazn toifasida Jamal Xillni mag‘lub etganidan keyin vaznini yana bittaga ko‘tarish niyati borligini aytib o‘tgandi.
Ma’lumot o‘rnida, og‘ir vazn toifasida chempion Jon Jons hisoblanadi va u oxirgi jangini Sirill Ganga qarshi o‘tkazgan hamda unda gilotina" uslubida mag‘lub etgandi.
Fikrlar