Daniel Roman: "Ahmadaliev bilan tugallanmay qolgan ishimiz bor"

  • 25.01.2021 12:04
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Profescional boksning birinchi yarim engil vazn toifasida (55kg) sobiq jahon chempioni hisoblangan Daniel Roman o‘z "Tvitter" sahifasida rejalari bilan o‘rtoqlashdi.

"Murodjon Ahmadaliev bilan yakunlanmay qolgan ishlarimiz bor va men "MJ" bilan revansh jangini o‘tkazishni xohlaymay. Garchi WBC chempioni Luis Neri uchun majburiy da’vogar bo‘lsam-da, u boshqa yo‘nalishdan borib Figeroa (WBA Regular chempion) bilan jang qilishga qaror qildi. Ammo Neri bilan jangim albatta bo‘ladi. Men mart yoki aprel o‘rtalarida ringga qaytishni rejalashtiryapman. Hozircha, raqibim aniq emas. Ammo kim bo‘lishidan qat’i nazar, men tayyorman", -deya post qoldirgan Roman.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning 30 yanvar kuni Daniel Roman Murodjon Ahmadaliev bilan jang olib borgan va ochkolar hisobida mag‘lub bo‘lib, WBA va IBF jahon chempionlik kamarlarini boy bergan edi. Shundan so‘ng, Roman Xuan Karlos Payano ustidan g‘alaba qozonib, WBC yo‘nalishida majburiy da’vogarga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!