Davron Fayziev: "Dinamo" Superligada ham munosib ishtirok etishga intiladi
"Namoyish etgan o‘yinimizdan to‘liq qoniqdim, deya olmayman. Lekin bugun g‘alabaga mos o‘ynadik, desam xato bo‘lmaydi. Uchrashuv ishqibozlarga manzur bo‘ladigan – shiddatli ruhda o‘tdi. “Metallurg”dek mahoratli va tajribali o‘yinchilardan iborat jamoaga munosub qarshilik namoyish eta oldik.
Lekin hali chempionatning asosiy qismi oldinda. Bugungi g‘alabadan ortiqcha bo‘shashib ketmasligimiz lozim. Bugun bizga ishonib, o‘yin davomida tinmay qo‘llab-quvvatlagan barcha muxlislarimizga esa minnatdorchilik bildiraman", - deb Fayzievning so‘zlarini keltirib o‘tdi PFL rasmiy sayti.



Fikrlar