Davron Fayziev: Himoyada yotib olganimiz yo‘q

  • 20.05.2019 01:56
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun bo‘lib o‘tgan “Buxoro” – “Dinamo” uchrashuvidan so‘ng mehmonlar ustozi Davron Fayziev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

"Bugun jangovar o‘yin guvohi bo‘ldik. Faqat o‘yinni bezash uchun gollar etishmadi xolos. Biz Buxoroga 3 ochko qo‘lga kiritish uchun kelgan edik. Bugun yigitlar maydonda borlarini berib harakat qilishdi. Asosiysi – ochko qo‘lga kiritildi. Har bir ochko o‘z qadriga ega. Biz bugun yomon o‘yin ko‘rsatmadik. Muhimi – himoyada yotib olganimiz yo‘q. Hujumga o‘tishga intildik. Sekin-asta kelasi o‘yinlarda ijobiy natijaga ham erishamiz. Endi e’tiborni keyingi o‘yinga puxta tayyorlanishga qaratamiz", - deydi tajribali mutaxassis. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!