Davron Fayziev: "Ikkala klubimiz uchun hal qiluvchi bahs"

  • 15 mart, 2022, 13:44
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

OChL guruh bosqichi pley-offidan o‘rin olgan "Baniyas" - "Nasaf" bahsi oldidan taniqli sharhlovchi Davron Fayziev telegramdagi sahifasida fikr bildirdi.

Tecno

"Bugun Qarshining Nasaf klubi Osiyo chempionlar ligasi pley-off o‘yinida BAAning "Baniyas" jamoasi bilan o‘ynaydi. Saralash bir o‘yindan iborat. Agar shu uchrashuvda "Nasaf" g‘alaba qozonsa, guruh bosqichiga yo‘l oladi. Shu bilan birga, "So‘g‘diyona" klubiga OFK kubogi guruh bosqichiga yo‘llanmani taqdim etadi. Ikkala klubimiz uchun hal qiluvchi bahs. 

"Baniyas" - "Nasaf" g‘olibi Osiyo ChL “E” guruhidan joy oladi: 

"Al Sadd" (Qatar) 

"Al Faysali" (Saudiya A) 

"Al Vihdad" (Iordaniya) 

"Baniyas" (BAA) / "Nasaf" (O‘zb)

O‘yin bugun 21:15 da Abu Dabida o‘tkaziladi. Afsuski, bu uchrashuv telekanallarda namoyish etilmaydi. Hozircha shu, balki yana imkoni topilar. 

O‘zbek futboli sharafini himoya qiladigan "Nasaf" jamoasiga omad va ishonchli g‘alaba tilayman!", - deya yozib qoldirdi Davron Fayziev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
15/03/2022 14:41
Guruh uyinlari olib kursatgandan kura. Fenalga ting uyinni olib kursatmasa. Sport.tv. ham boshqasi ham kanalini yopaversa bulardi. uta kulgulik uyolmasdan. yana. chiqib olib gapergani ulaymi.