Davron Fayziev: Mourino Shomurodovdan mamnun, italiyalik sharhlovchiga gol yoqdi, biz esa xursandmiz

  • 15 avgust, 2021, 21:10
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Roma" va "Raja Kasablanka" jamoalari o‘rtasidagi halqaro o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Joze Mourino mazkur bahsda ham Eldor Shomurodovga imkoniyat berdi.

Tecno

O‘z navbatida hamyurtimiz ishonchni oqlab, bitta gol urdi va bir marta assistentlik qildi. Rimliklar uchrashuvda 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. 

Taniqli sharhlovchi Davron Fayziev telegramdagi sahifasida ushbu voqe’likka o‘z fikrini bildirdi.

- Eldor Shomurodov "Roma"ning uy stadioni "Olimpiko"da gol urdi! "Raja Kasablanka" bilan o‘rtoqlik o‘yinida Eldor bo‘sh zonaga qochdi va bitta teginishda to‘pni darvozaga yo‘llab, hisobni ochdi. Mourino mamnun, italiyalik sharhlovchiga gol yoqdi, biz esa xursandmiz. Bravo! - dedi Davron Fayziev.

Xayrulla Hamidov: Mourinoda Eldorni asosiy hujumchi qilishdan boshqa variant qolmayapti

6051581192254

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!