Davron Fayziev: "Olimpik" yaxshi shakllanayotgan jamoa va murabbiyi ham zamonaviy fikrlaydi, lekin...

  • 06.04.2021 19:38
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun pro-liganing navbatdagi turida “Buxoro” klubi Toshkentda “Olimpik” bilan kuch sinashib javobsiz ikkita gol urgan holda muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdi.

Tecno

Uchrashuvdan keyin “Buxoro” bosh murabbiyi Davron Fayziev quyidagi fikrlarni bildirdi.

- Avvalambor “Olimpik” jamoasi rahbariyatiga tashkiliy ishlar hamda sifatli maydonda to‘p surishga shart-sharoit yaratib berishgani uchun o‘z minnatdorligimni bildirmoqchiman.

O‘yinga to‘xtaladigan bo‘lsam, bugungi bahsga o‘ta jiddiy tayyorgarlik ko‘rgandik. “Olimpik” yaxshi shakllanayotgan yoshlardan iborat jamoa, murabbiyi ham zamonaviy fikrlaydigan ajoyib mutaxassis hisoblanadi. Ammo har bir jamoa o‘z oldiga g‘alabani maqsad qilib qo‘ygan. Bizning ham o‘ylagan rejalarimiz amalga oshdi.

O‘ylaymanki, bugungi bahs barchaga manzur bo‘ldi. Qolaversa, bizni yolg‘izlatib qo‘ymaslik uchun Buxorodan kelgan muxlislarimizga katta rahmat. Ularning qo‘llab-quvvatlashini biz har doim his qilib turamiz. G‘uzor, Olmaliq va mana, bugun Toshkentda ham biz bilan birga bo‘lishdi. Bugungi g‘alaba muxlislarimiz uchun, -  deya so‘zini yakunladi Davron Fayziev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!