
De Bryuyne Osiyo klubiga o‘tishga qarshi emas
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin. Bu haqda "Foot Mercato" nashri xabar bermoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, Saudiya Arabistoni ikkinchi divizionidagi "Neom" klubi De Bryuyne bilan shartnoma imzolash bo‘yicha jiddiy muzokaralar olib bormoqda. 33 yoshli belgiyalik futbolchining o‘zi Yaqin Sharqqa ko‘chib o‘tishga qarshi emas ekan.
De Bryuyne 2015 yildan beri "Manchester Siti"da to‘p tepib kelmoqda. Yozda yarim himoyachining "shaharliklar" bilan tuzilgan shartnomasi tugaydi.
Ma’lumot uchun, 26-tur yakuniga ko‘ra, "Neom" Saudiya Arabistoni ikkinchi ligasida 57 ochko to‘plab, peshqadamlik qilmoqda.
Fikrlar