De Xea APLda "qovun tushirish" bo‘yicha bu mavsum etakchilik qilmoqda

  • 22 dekabr, 2019, 23:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" darvozaboni David De Xea bugun APLning 18-turidan o‘rin olgan "Uotford"ga (0:2) qarshi o‘yinda o‘z darvozasidan 2 ta gol o‘tkazib yubordi.

Tecno

Aytish kerakki, ispaniyalik darvozabon o‘yindagi dastlabki golda qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi va to‘pni qo‘llari orasidan o‘tkazib yubordi.

Opta Sports nashri tarqatgan xabarga ko‘ra De Xea joriy mavsum bunday xatoga naqd 6 marta yo‘l qo‘ydi va u bu ko‘rsatgich bo‘yicha APLda “birinchi” o‘rinda bormoqda.

Ma’lumot uchun, De Xea joriy mavsum MYu safida 19 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 22 ta gol o‘tkazib yubordi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!