De Xea MYuda van der Sarning rekordini takrorladi
«Manchester Yunayted» posboni David De Xea kecha Chempionlar ligasi 1/8 finalida «Sevilya»ga (0:0) qarshi bahsda 8ta seyv ijro etdi.
E’tiborlisi, bu mankuanliklarning 2011 yil “Barselona”ga (1:3) qarshi bo‘lib o‘tgan EChL finalidan keyinggi ushbu musobaqadagi eng yaxshi ko‘rsatgichi bo‘ldi. Eslatib o‘tish lozimki, o‘sha bahsda MYu darvozasini qo‘riqlagan Edvin van der Sar ham 8ta seyv ijro etgan.
Ma’lumot uchun, “Manchester Yunayted” – “Sevilya” jamoalari o‘rtasidagi javob bahsi 13 mart kuni “Old Traffor”da bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar