
De Zerbi "Brayton"ni tark etishi mumkinligi haqida gapirdi
Roberto de Zerbi mavsum oxirida "Brayton"ni tark etishi mumkin.
Avvalroq, murabbiy "Brayton" bilan shartnomani uzaytirish haqida gapirgandi.
"Men ambitsiyam va motivatsiyamni saqlab qolmoqchiman va kuniga 24 soat futbol uchun yashayman.
Albatta, "Brayton"ning rejasi va loyihasini tushunishni istayman. Sababi, o‘zimni qulay his qilmasam, qola olmayman", - dedi Robero de Zerbi.
Insayder Nikola Skiraning so‘zlariga ko‘ra, de Zerbi mavsum so‘nggida "Brayton"ni tark etishga tayyor. Unga Evropaning qator grand klublari qiziqish bildirmoqda.
Fikrlar