
Dembele jamoadoshlariga qarorini aytdi
"Barselona"ning ba’zi o‘yinchilari Usmon Dembelening klubni tark etish niyatidan allaqachon xabardor.
"COPE" jurnalisti Elena Kondis Edoning so‘zlariga ko‘ra, vinger ba’zi jamoadoshlariga PSJga o‘tayotganini aytgan.
Bosh murabbiy Xavi frantsiyalik futbolchini qolishga ishontirmoqchi, ammo umuman olganda kataloniyaliklar rahbariyati pessimistik kayfiyatda.
Ma’lum bo‘lishicha, Liga 1 g‘oliblari iyul oyi oxirigacha Dembeleni 50 million evroga sotib olmoqchi.
Fikrlar