Dembele: "Messi JCh-2026'ni yuta oladi, u tarixdagi eng yaxshi futbolchi"

  • 12.06.2026 14:48
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Frantsiya terma jamoasi va PSJ hujumchisi Usmon Dembele fikricha, Argentina terma jamoasi safida o‘ynayotgan Lionel Messi yana bir bor jahon chempioni bo‘lishga qodir.

Eslatib o‘tamiz, Argentina terma jamoasi 2022 yilda qo‘lga kiritilgan g‘alaba tufayli amaldagi jahon chempioni hisoblanadi.

– Siz Messini juda yaxshi bilasiz. Sizningcha, u yana bir bor muvaffaqiyatni takrorlab, jahon chempionligini qo‘lga kirita oladimi?

– Albatta. U istalgan sovrinni yuta oladi. Men buni «Barselona»da birga o‘ynagan paytimda o‘z ko‘zim bilan ko‘rganman.

– Lekin u to‘rt yilga qaridi-ku.

– Bu hech narsani o‘zgartirmaydi. U men ko‘rganlarim ichida eng zo‘ri. Tarixdagi eng kuchli futbolchi.

U hali ham raqiblar uchun juda xavfli. Yoshi 38 da bo‘lishiga qaramay, uni to‘xtatish oson emas. Mahorati o‘sha-o‘sha, qolgan.

Biz unga qarshi o‘ynaganda juda ehtiyotkor bo‘lishimiz kerak, chunki u yana bir bor g‘alaba qozonishga qodir, – deya ta’kidladi Usman Dembele.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!