Dembele qancha muddatga safdan chiqqani ma’lum bo‘ldi

  • 22 iyun, 2021, 13:28
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" yarim himoyachisi Usmon Dembele jarohati sabab qancha muddat maydonga tusholmasligi ma’lum bo‘ldi. U Frantsiya terma jamoasi safida “Evro-2020” guruh bosqichida Vengriyaga qarshi o‘yinda jarohat olgan edi.

Tecno

Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga qaraganda, 24 yoshli futbolchi Frantsiya terma jamoasi qarorgohini tark etgan. Shifokorlar uning tiklanishi uchun taxminan 3 oy vaqt talab etilishini aytishmoqda. U jarrohlik amaliyotini boshdan kechirishi mumkin.

Dembelening ushbu jarohati uning “Barselona”dagi taqdiriga jiddiy ta’sir qilishi mumkinligi aytilmoqda.

Usmon Dembele o‘tgan mavsum La Ligada jami 30  ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 6 ta gol hamda 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi yana bir yildan so‘ng o‘z nihoyasiga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!