
Dembele: "Real"ning shu futbolchisini "Barsa"ga olib kelgan bo‘lardim...
"Barselona" hujumchisi Usmon Dembele "Real"ning qaysi futbolchisini Kataloniya klubida ko‘rishni xohlashini aytdi. Frantsiyalik futbolchi bu borada “qaymoqranglilar”ning eng keksa futbolchisi – 37 yoshli Luka Modrichni tanladi.
“Real”ning qaysi o‘yinchisini "Barselona"ga olib kelgan bo‘lardim? Luka Modrich. Menga Mark-Andre ter Shtegen yoqadi, ammo Tibo Kurtua ham ajoyib darvozabon. Lekin men baribir Modrichni tanlayman”, - dedi Dembele Marca nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Modrich tez orada "Real" bilan shartnomasini yana bir yilga uzaytiradi. Xorvatiyalik futbolchi "qirollik klubi" bilan yangi shartnoma imzolash uchun Saudiya Arabistonining foydali moliyaviy takliflarini rad etdi.
Fikrlar