Dembele terma jamoadagi faoliyatini to‘xtatdi

  • 30 oktabr, 2019, 20:37
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xitoyning "Guanchjou Fuli" jamoasi yarim himoyachisi Mussa Dembele Belgiya terma jamoasidagi faoliyatini to‘xtatgani haqida ma’lum qildi.

“Men Roberto Martines bilan gaplashdim. Biz endi oilamiz bilan Guanjouda yashayapmiz. Men uchun Xitoydan Belgiyaga borib kelish uzoqlik qiladi. Men bor e’tiborimni klubga qaratmoqchiman. Shu bois hozirchi Belgiya terma jamoasida o‘ynashni rejalashtirmayapman”, - deydi Dembele.

Ma’lumot uchun, 32 yoshli Dembele "Guanchjou Fuli" jamoasiga 2019 yilning yanvarida “Tottenxem”dan ko‘chib o‘tgan edi. Joriy mavsum u guanjouliklar safida 23 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. U Belgiya terma jamoasida hozirgacha 82 ta o‘yinda maydonga tushgan va 5 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!